“Mahmudxo‘ja Behbudiy. Millat ehtiyojiga baxshida umr” risolasi nashr etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Turkiston jadidlik harakatining asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi, noshir va pedagog Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zR FA Milliy arxeologiya markazi bosh ilmiy xodimi, tarix fanlari doktori, professor Dilorom Alimova “Mahmudxo‘ja Behbudiy. Millat ehtiyojiga baxshida umr” (Toshkent, 2025. 104 b.) risolasi nashr etildi.

 

 

Mazkur risola Turkistondagi jadidchilik harakati yo‘lboshchisi, ma’rifatparvar, adabiyotshunos, noshir va siyosatchi Mahmudxo‘ja Behbudiy hayoti, ijodi, tarixiy va siyosiy qarashlariga bag‘ishlangan. Uning asarlari va “Oyna” jurnalining tahlili asosida millat hamda Vatan ozodligi va ravnaqi yo‘lidagi faoliyati yoritib berilgan.

 

Taqdim etilayotgan mazkur risolaning keng jamoatchilik, ayniqsa, yoshlar uchun ahamiyati beqiyos. Unda ilk marotaba Mahmudxo‘ja Behbudiy asarlarida u yoki bu jihatdan Vatanimiz tarixiga oid bildirgan barcha fikrlari bir joyga to‘plangan.