Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar ademiyasi akademik S.Yu.Yunusov nomidagi Oʼsimlik moddalari kimyosi instituti tomonidan kuyishga qarshi va yara bitkazuvchi vositani olish usuli ishlab chiqildi va O’zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi patenti olindi.
Kuyishga qarshi va yara bitkazuvchi vosita maydalangan oʼsimlik xom-ashyosini eritgich - benzin yoki geksanda ekstraktsiya qilish, filtrdan oʼtkazish va eritgichni bugʼlantirish yoʼli bilan olinadi.
Yara bitkazuvchi vosita quyidagi jihati bilan farqlanadi: oʼsimlik xom-ashyosi sifatida mos ravishda 2,5-1:1:1 massa nisbatida olingan naʼmatak mevalari (Rosa canina L.), kunjut urugʼi (Sesamum indicum L.), garmalaning yerusti qismi (Peganum harmala L.) va zizifora (Ziziphora pedicellata Pazij et Vved) qoʼllanadi, benzin yoki geksan bilan ekstraktsiyalash Sokslet sistemasida 60-78°С haroratda hamda xom-ashyo: eritgichning 1:15 massa nisbatida 8-10 marta oʼtkaziladi keyin ekstrakt tabiiy lipidli moddalar miqdori 30-35 foizga yetgunicha kontsentratsiya qilinadi.