Davlatimiz tomonidan karantin davrida xalqimizning oziq-ovqat va kundalik ehtiyojlarini toʼliq qamrab olish, ayniqsa, aholining ehtiyojmand qatlamlarini ijtimoiy himoyalash borasida qator chora-tadbirlar belgilandi va amalga oshirilmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti COVID-19 ga qarshi kurashda aholiga moddiy va maʼnaviy yordam koʼrsatish maqsadida tashkil etilgan “Oʼzbekiston mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga xodimlarning bir kunlik ish haqini begʼaraz yordam tariqasida oʼtkazib berdi.
Koronavirus pandemiyasi bugun butun dunyoni larzaga keltirdi. Unga qarshi kurashish mamlakatimiz uchun oʼta jiddiy sinov boʼldi. Ushbu ogʼir damlarda barchamizdan sabr-toqat, birdamlik talab etiladi va biz albatta buning uddasidan chiqamiz.
Qadrli yurtdoshim! Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda birlashaylik!