Koreya bilan xalqaro ilmiy aloqalar kengaymoqda

OʼzR FА Materialshunoslik institutiga Koreya sanoat texnologiyalari instituti (KITECH) delegatsiyasi tashrif buyurdi.

 

Tashrif doirasida delegatsiya aʼzolari Oʼzbekistondagi Katta Quyosh qurilmasining texnologik imkoniyatlari, unda sintez qilingan materiallar, Materialshunoslik instituti olimlari tomonidan ilgari surilayotgan yashil vodorod energetikasi, karbon tolalarini ishlab chiqarish, funktsional materiallar yaratish boʼyicha ishlab chiqilayotgan texnologiyalar bilan tanishdilar.

Shuningdek, vodorod energetikasi yoʼnalishi boʼyicha KITECHning ilmiy markazlarida stajirovkaga yoʼnaltirishga tavsiya etilgan yosh olimlar bilan suhbat oʼtkazildi.