Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Oʼzbek til, adabiyoti va folklori institutida Yosh olimlar kengashi tomonidan “Izlanish samaralari” mavzusida xalqaro ilmiy anjumani oʼtkazildi. Unda Institut xodimlari, oliy oʼquv yurtlaridan doktorantlar va tadqiqotchilar, shuningdek, Ozarbayjon Respublikasi Fanlar akademiyasi vakillari va soha mutaxassis olimlari ishtirok etdi.
Аnjumanni Iinstitut direktori professor N.M.Mahmudov kirish soʼzi bilan ochib berdi va anjuman ishiga muvaffaqiyat tiladi.
Аnjumanga taqdim etilgan maʼruzalarning mavzulari rang-barang boʼlib, ularda oʼzbek tilshunosligi, adabiyotshunosligi, folklorshunosligi, adabiyot nazariyasi va adabiy aloqalar boʼyicha turli mavzulardagi maqolalar va maʼruzalar muhokama qilindi. Chiqishlardan keyin tinglovchilar oʼzlarini qiziqtirgan savollar bilan maʼruzachilarga murojaat qildilar va oʼzaro fikr almashdilar.