OʼzR FА Milliy arxeologiya markazi Samarqand arxeologiya institutida Italiya Respublikasining Oʼzbekistondagi Favquloddagi va muxtor elchisi Agostino Pinna (Agostino Pinna) bilan uchrashuv boʼlib oʼtdi.
Uchrashuvda Samarqand arxeologiya instituti va Italiyaning Bolonya hamda Neapol universitetlari bilan birga tashkil etilgan qoʼshma arxeologik ekspeditsyalarning faoliyati, ularning kelgusi istiqbollari toʼgʼrisida fikr almashildi. Elchi qoʼshma ekspeditsiyalarning ilmiy natijalarini eʼtirof etib, ushbu tadqiqotlar Italiya tomonidan kelgusida ham qoʼllab-quvvatlashini bildirdi.
Uchrashuv soʼnggida elchi Samarqand arxeologiya instituti faoliyati, olib boriladigan ilmiy ishlar bilan ham tanishdi.