O‘zR FA Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti direktori, akademik S.Sh.Rashidova boshchiligida ipak qurti g‘umbagini kompleks qayta ishlash innovatsion texnologiyasi ishlab chiqildi va u asosida qishloq xo‘jalik ekinlari urug‘larini ekishdan avval kapsulalovchi ekologik xavfsiz “Uzxitan” preparatini ishlab chiqarish o‘zlashtirildi.
Jizzax viloyati Paxtakor tumanida joylashgan “Silverleafe BMB Agro Trade Group” O‘zbekiston-Amerika qo‘shma korxonasi va O‘zR FA Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti tomonidan Memorandum asosida olib borilayotgan qishloq xo‘jalik ekinlari urug‘larini ekish oldidan tayyorlash uchun mo‘ljallangan ekologik xavfsiz biostimulyator, fungitsid va bakteritsid xususiyatlariga ega bo‘lgan (Uzxitan, Kuprumxit, Askorbat Xitozan kabi) polimer preparatlari Agroklaster dalalarida o‘rganilmokda. Ushbu ilmiy-tadqiqot ishlarining yakuniy hisobini olish maqsadida polimer preparatlari mualliflari mazkur hududga tashrif buyurdilar hamda paxta hosilini ko‘zdan kechirdilar.