"Integrating English into Teaching STEM / STEAM" mavzusida xalqaro onlayn konferentsiya oʼtkaziladi

2020-yil 26-avgust kuni Xorazm Maʼmun akademiyasi, Urganch davlat universiteti va Oʼzbekistonning Toshkent shahridagi АQSh elchixonasi bilan hamkorlikda "Integrating English into Teaching STEM / STEAM" mavzusida xalqaro onlayn konferensiya oʼtkaziladi.

Unda oliy oʼquv yurtlarida, Prezident va ijod maktablarida STEM tizimida oʼquv jarayonini tashkil etish va oʼqitish boʼyicha xorijiy va respublikamizning yetuk mutaxassislari tomonidan maʼruzalar tinglanadi.