Ilmiy kadrlar tayyorlash

2025-yil yanvar holatiga Fanlar akademiyasi tizimida jami 5243 nafar xodim (2093 nafar ayol), jumladan 2834 nafar ilmiy xodim (997 nafar ayol), 76 nafar akademik (5 nafar ayol), 494 nafar fan doktori (117 nafar ayol), 845 nafar fan nomzodi va falsafa doktori (272 nafar ayol) faoliyat olib bormoqda.

Tizimda mavjud 35 ta tashkilotdan 4 tasida ayol direktorlar rahbarlik qilmoqdalar. 

Fanlar akademiyasi tasarrufidagi 31 ta ilmiy tashkilot doktoranturalarida jami 775 (337 ta ayol) nafar tayanch doktorant, 85 (26 ta ayol) nafar doktorantlar tahsil olmoqdalar.