Hozirgi kunda OʼzR FА Genetika va oʼsimliklar eksperimental biologiyasi institutida Davlat dasturlari asosida fundamental va amaliy loyihalar doirasida ilmiy izlanishlar qizgʼin tusda davom ettirilmoqda. Barcha dalalarga rejalashtirilgan ekinlar – bugʼdoy, soya, gʼoʼza ekildi. Shu kungacha tajriba dalalarida bahorgi agrotexnik tadbirlar oʼtkazilib, ekilgan ekinlarning nav namunalari ustida baholash va fenologik kuzatuvlar olib borilmoqda.