Ilm ulug'laydi ayolni

O'tgan haftada Fanlar akademiyasi Xotin-qizlar Kengashi, Olima ayol uyushmasi hamkorlikda Fanlar akademiyasi tizimida faoliyat olib borayotgan olimalar bilan ilmiy muloqot tashkil etildi.

 

 

 

Ilmiy uchrashuvni Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Shahlo Utkurovna oʻtkazdi. Uchrashuvda  Fanlar akademiyasining ilmiy tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan ayol direktorlar, boʻlim boshliqlari, laboratoriya mudirlari,  ilmiy xodimlari, fan doktorlari va oʻz sohalarining yetakchi mutaxassislari ishtirok etdi. Har bir olima oʻz soha kesimida taklif va mulohazalarini bildirdi.

Ilmiy muloqotda ilm-fanda ayollarning rolini oshirish, ularni qoʻllab-quvvatlash, mavjud  muammolarni oʻrganish va hal etish yuzasidan takliflar bildirildi. Aniq yechimlar taklif etildi. Kelajakda amalga oshirilish zarur boʻlgan istiqbolli rejalar tuzildi.

Suhbat soʻngida ushbu uchrashuv anʼanaviy tarzda doimiy oʻtkazlib turilishiga kelishib olindi. Aslida ayollarning ilm-fan yo'lida birlashishi, bir-biriga ko'mak va maslahat berishi, yosh qizlarni ilmga jalb etishlari mamlakat fani taraqqiyotiga xizmat qiladi. Olima ayollarning yangi loyihalariga dastlabki qadamdir ushbu uchrashuv.

P/S: Endilikda Fanlar akademiyasi olimalari erishayotgan yutuqlar, loyihalar va ilmiy yutuqlarni "Fan va ayol" rukni orqali berib boramiz.