Ilm-fanni tijoratlashtirish loyihasi

2019-yil 25-sentabrda Stefka Slavova boshchiligida Jahon banki Yevropa va O’rta Osiyo guruhi missiyasi delegatsiyasi O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga tashrif buyurdi.

 

Mehmonlarni O'zR FA vitse-prezidenti B.T.Ibragimov kutib oldi. Uchrashuvda tomonlar ilm-fanni tijoratlashtirish (PCM) loyihasini va hamkorlik yo'nalishlarini muhokama qildilar.

Shuningdek, delegatsiya kimyo, biologiya va boshqa sohalardagi so'nggi yangiliklar bilan tanishish uchun O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining bir qator ilmiy-tadqiqot muassasalariga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda.