Ilm-fan va yoshlar: Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o’quvchilari  Astronomiya institutiga sayohat uyushtirishdi

Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti hududida tashkil etilgan Astronomiya parkiga Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o’quvchilari  sayohat uyushtirishdi. 

 

 

Bog'da joylashgan 130 yillik teleskop, uning minorasi  va muzey olimlar koinot jismlarini kuzatgan rasadxonaning bir qismi hisoblanadi.

Sayohat davomida o’quvchilarga FA Astronomiya instituti ilmiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari Yusufjon Tillayev va katta ilmiy xodim Azimjon Azimov hamrohlik qildilar va muzeydagi eksponatlar - soatlar, astronomik teleskop va maxsus mikroskop haqida qiziqarli ma'lumotlarni gapirib berdilar va hamyurtlarimizning koinot ilmi rivojiga qo'shgan hissasi haqida alohida to'xtalib o'tdilar.

O‘tmish va bugun tutashgan, yer va osmon uyg‘unlashgan bu dargoh o'quvchilarga o'zlarining astronomik bilimlarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.