Ilm-fan va yoshlar: mahorat darslari

Oʼzbekiston yosh tarixchilarining birinchi yozgi oʼqishlarining toʼrtinchi kunida navbatdagi mahorat darsi "Oʼzbek xalqi va davlatchiligi tarixini oʼrganish da arxeologiya manbalarining ahamiyati" mavzusida boʼlib oʼtdi.

Maʼruzachi tarix fanlari nomzodi Feruza Shomukaramova.

 

Mahorat darsi davomida Oʼzbekistonda arxeologiya fanining shakllanishi va rivojlanishi bosqichlari, arxeologik tadqiqotlar tarixshunosligi va arxeologiya manbalarining ahamiyati toʼgʼrisida maʼlumotlar berildi.

Xususan, Turkistonda qadimshunoslik fanining asoslari, uning shakllanishi va rivojlanishida milliy ziyolilar va mutaxasislarning oʼrni toʼgʼrisida muhim fikr va mulohazalar taqdim qilindi.