ILM-FAN VA TA'LIM INTEGRATSIYASI

Joriy yilning 28 fevral kuni O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi O’zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markazda Praga Korlov Universiteti professori Slovomir Xorak “Chexiyada  Markaziy Osiyo tadqiqotlari” mavzusida ma’ruza qildi.  

 

Ma’ruzada ilmiy xodimlar va tadqiqotchilardan tashqari Markazning fan va ta’lim integratsiyasi doirasidagi hamkorlik memorandumlariga asosan amaliyotga kelgan O’zbekiston milliy universiteti hamda Xalqaro islom akademiyasi magistrantlari ham ishtirok etdilar.