Respublika miqiyosida o’tkazilagan “Taʼlim tizimida innovatsion yondashuvlar. Muammo va yechimlar” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya doirasidagi “Ilm-fan tashabbuskori” koʻrik tanlovida Fanlar akademiyasi Mexanika va inshoatlar seysmik mustahkamligi instituti katta ilmiy xodimi Zarnigor Rahimova, “Charm sanoatiga mahalliy ishlab chiqilgan texnologik mashinalarni tadbiq etish” mavzusidagi ilmiy maqolasi bilan faol ishtirok etdi. Koʻrik tanlovi natijalariga koʻra Zarnigor Rahimova “Ilm-fan tashabbuskori” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.