Oʻzbekiston RespublikasiBosh vaziri A.N.Aripov tomonidan 2018-yil 30-martda tasdiqlangan “Oʻzbekiston va Buyuk Britaniya ilmiy markazlari oʻrtasida 2018-2022-yillarga moʻljallangan hamkorlikka oid yoʻl xaritasi”ning 19-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida 2018-yil 24-sentabr kuni OʻzR FA Botanika institutida Kembrij universiteti doktori, oʻzbekistonlik Temur Yunusov tomonidan “Global iqlim oʻzgarishining qishloq xoʻjaligiga taʼsiri” mavzusidagi maʼruzasi tinglandi. Unda institut direktori akademik K.Sh.Tojibayev, laboratoriya mudirlari hamda institut ilmiy xodimlari ishtirok etdi.
Temur Yunusov maʼruzasida atmosfera havosi haroratining koʻtarilishi natijasida, xususan, Oʻzbekistondagi Orol dengizisi suvining keskin kamayishi, Perudagi muzliklarni erishi, AQSHning Kaliforniya shtatidagi Orovil koʻli hamda Argentinadagi Marchikita koʻli suvini kamayishi, Amerikada 2017-yilda bahorning erta kelishi, butun dunyoda havo haroratining oʻzgarishi, uning natijasida qishloq xoʻjaligi ekinlari, asosan, insonlar eng koʻp isteʼmol qiladigan ekinlar - makkajoʻxori va bugʻdoy hosildorligining kamayishiga olib kelganligi haqida batafsil malumotlar berildi.
Institut direktori K.Tojibayev Kembrij universiteti doktori, oʻzbekistonlik Temur Yunusovga estalik sovgʻasi sifatida institut ilmiy xodimlari va chet ellik mutaxassislar bilan hamkorlikda chop etilgan “Botanical geography of Uzbekistan” va “Flora of the Western Tiyen Shan”nomli kitoblarni taqdim etdi.