Hurmatli matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari!

Siz, azizlarni kasb bayramingiz — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz!
Bugungi kunda sizning fidokorona mehnatingiz — jamiyatda ochiqlik, haqqoniylik va shaffoflikni ta’minlash, xalq va davlat o‘rtasida mustahkam ko‘prik bo‘lishda beqiyos ahamiyat kasb etmoqda. Sizning har qanday sharoitda tezkorlik bilan ishonchli axborot yetkazishga bo‘lgandagi sa’y-harakatlaringiz yuksak e’tirofga loyiqdir.
Bayram munosabati bilan barchangizga sihat-salomatlik, ijodiy kuch-g‘ayrat, mustahkam iroda, doimiy ilhom va yuksak yutuqlar tilaymiz. Qalamingiz o’tkir, fikringiz teran, so‘zingiz esa doimo haqiqat va adolat tarafdori bo‘lsin!

Hurmat bilan,
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi jamoasi!