Jurnal tahririyati "Fan va turmush" jurnalining 2020-yil 1-2-sonining chiqishi kechiktirilgani uchun (Covid-19 tufayli kelib chiqqan pandemiya sababli) sizdan uzr soʼraymiz. Biz ushbu son sahifalarida Oʼzbekistondagi ilm-fanning dolzarb muammolariga, shuningdek, jahon ilm-fan yangiliklariga bagʼishlangan qiziqarli maqolalar berishga harakat qildik. Tarixga oid koʼplab nashrlarimiz, Covid-19 pandemiyasi, astronomiya yangiliklari sizni qiziqtiradi, deb umid qilamiz. Jurnal obunachilarimizga yaqin kunlarda yetkazib beriladi.
Toʼliq maʼlumot olish uchun ushbu sonning mazmunini ilova qilamiz.
Sizga qiziqarli va foydali mutoala tilaymiz!
"Fan va turmush" tahririyati.