Hunarmandchilik va xalq amaliy-sanʼatiga baagʼishlangan koʼrgazma tashkil etildi

OʼzR FА Oʼzbekiston tarixi davlat muzeyining filiali Toshkent muzeyi va “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Toshkent shahar kengashi Respublika “Hunarmand” uyushmasi Toshkent shahar boʼlimi bilan hamkorlikda “Hunarmandchilik va xalq amaliy-sanʼati anʼanalari mahorat va ilhom manbalari” nomli koʼrgazma tashkil qilindi.

Koʼrgazmada Respublika “Hunarmandlar” uyushmasiga aʼzo hunarmandlarning kulolchilik, zargarlik, pichoqchilik, gilamdoʼzlik, doʼppidoʼzlik, kashtachilik, toʼqimachilik va boshqa hunarmandchilik yoʼnalishlarida faoliyat koʼrsatayotgan mohir ustalarning ijodiy ishlari, qoʼl mehnati namunalari namoyish etildi.

 

 

Ko’rgazmaga tashrif buyurgan yoshlarga milliy hunarmandchilik, xalq badiiy va amaliy sanʼati yoʼnalishlari va hunarmandchilik orqali xalqimizning boy madaniy merosi va tarixiy anʼanalarini mahorat darslari va savdo koʼrgazmalari orqali bilib olishlariga imkoniyat yaratildi.