Navoiy viloyati katta investitsiya maydoniga aylandi. Vohamizda II “Invest in Navoi” xalqaro biznes forumi bo‘lib o‘tdi. Unda dunyoning 40 dan ortiq mamlakatlaridan 250 nafarga yaqin investor, shuningdek, xorijiy mamlakatlarning yurtimizdagi favqulodda va muxtor elchilari, diplomatlar ishtirok etdi.
Ushbu xalqaro biznes forumda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi ham o’zining "Elektrokimyozavodi" QK Aksiyadorlik jamiyati bilan "Elsmik-A", "Elsmik-V", "Gektar-kompleksi" o‘simliklar stimuyator-reguyatorlari, "SIP-70" suspenziyali insektitsid preparatlari, shu bilan birga tajriba konsturtorlik loyihalari ya’ni “Kvars qumlarni pulsatsion kalonnada boyitish” loyihalari bilan ishtirok etdi. Ayniqsa, “Me’moriy bionika, keramikaning zamonaviy metodlarini ishlab chiqish yo‘nalishlar bo‘yicha “Bionika maktabi”ni yaratish” g‘oyasi viloyatimizdagi ijodkor yoshlarni yangi kasbga o‘rgatish, ularning mustaqil ijodiy fikrlash qobiliyatini oshirish bilan bir qatorda o‘zlarining mehnat mahsulidan moddiy manfaat olish imkoniyatini berishi hamda xorijiy sayyohlar uchun keramikadan Navoiy brendi ostida san’at asarlari kabi ko‘rgazmalar ko‘pgina investorlarni o‘ziga jalb qildi.