Hamkorlik toʼgʼrisidagi kelishuv imzolandi

Joriy yil 25-yanvar kuni Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi Oʼzbekistonning eng yangi tarixi masalalari boʼyicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz va “Oʼzarxiv” agentligi tomonidan ikki tashkilot oʼrtasida oʼzaro hamkorlik qilish boʼyicha kelishuv imzolandi.

Mazkur kelishuv Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-iyundagi “Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzurida Oʼzbekistonning eng yangi tarixi boʼyicha Jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish toʼgʼrisida” PQ-3105-son qarori, 2020-yil 9-sentyabrdagi “Gʼalaba bogʼi” yodgorlik majmuasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-4820-son qarori hamda Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-fevraldagi “Oʼzbekiston Respublikasi “Oʼzarxiv” agentligi toʼgʼrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 72-son qarorida qoʼyilgan vazifalardan kelib chiqqan holda tuzildi.