Habibullayev Po'lat Qirg'izboyevich

 

О‘zbekiston Fanlar akademiyasining prezidenti (1984–1988-yy.)

О‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1984-y.), fizika-matematika fanlari doktori

SSSR Fanlar akademiyasi muxbir a’zosi (1984-y.)

Fizika sohasidagi olim, fan va ta’lim faollaridan biri, jamoat arbobi

1936-yil 14-oktabrda Andijon viloyatining Lenin tumanida tavallud topgan

2010-yil 7-fevralda vafot etgan. Toshkent shahrida dafn etilgan

О‘zSSRda xizmat kо‘rsatgan fan va texnika arbobi (1978-y.)

Beruniy nomidagi О‘zSSR Davlat mukofoti laureati (1987-y.)

Intellektual mulk Butun jahon tashkilotining ikkita mukofoti laureati

Xalqaro oliy maktab akademiyasi akademigi (1989-y.)

О‘rta Osiyo davlat universitetini tamomlagan (О‘ODU, 1960-y., hozirgi О‘zMU)

Mehnat faoliyati davomida о‘qituvchi, assistent, dotsent, professor, Toshkent davlat pedagogika institutida kafedra mudiri, Andijon paxtachilik instituti rektori, О‘zbekiston KP MQ Fan va о‘quv muassasalari bо‘limi mudiri, О‘zR FA Yadro fizikasi instituti va Issiqlik fizikasi bо‘limi (asoschisi) direktori, О‘zR FA vitse-prezidenti hamda prezidenti, О‘zbekiston SSR Oliy Kengashi raisi va О‘zbekistondagi boshqa mas’uliyatli boshqaruv organlari lavozimlarida ishlagan

500 dan ortiq ilmiy ish, shu jumladan 15 ta monografiya muallifi

30 ta fan doktori va 100 dan ortiq fan nomzodini tayyorlagan

1999-yilda «Mehnat shuhrati» ordeni bilan taqdirlangan.