O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Temuriylar tarixi davlat muzeyi

Direktor

Fayziyev Xurshid Turgunovich

tarix fanlari nomzodi.
temurid@temurid.uz@mail.ru
(+998 71) 241-02-75
Bog'lanish
Manzil: 100000, Amir Temur 1, Toshkent shahri, O‘zbekiston.
Direktor: Fayziyev Xurshid Turgunovich
Telefon: (+998 71) 232-02-10; (+998 71) 232-01-44
Faks: (+998 71) 232-02-13
Sayt: http://www.temurid.uz

Davlatimiz mustaqilligining birinchi kunlaridanoq asrlar davomida ajdodlarimiz yaratgan ulkan, bebaho ma’naviy va madaniy merosni tiklashga katta ahamiyat berildi. O‘zbekiston xalqi o‘z tarixini tiklash, haqsiz unutilgan nomlarni, jahon fan va madaniyati rivojlanishida muhim rol o‘ynagan tarixiy shaxslarni anglash, ularning nomlarini tiklash imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Mohir sarkarda va davlat arbobi, ilm-fan va madaniyat homiysi bo‘lgan Amir Temur ana shunday tarixiy shaxsdir.

Amir Temur markazlashgan davlatga asos solib, uning kuch-qudratini har tomonlama mustahkamlab va rivojlantirib, shon-shuhratini butun jahonga yoydi, buyuk saltanatning hukmdori sifatida bir bayroq ostida millat va xalqni birlashtirdi. Uning davrida madaniyat, ilm-fan, me’morchilik, tasviriy san’at, musiqa, she’riyat yuqori cho‘qqilarga ko‘tarildi. Bir so‘z bilan aytganda Temuriylar davri renessansiga asos solindi. Ana shu tarixiy haqiqat O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimovni doimo to‘lqinlantirib kelardi va shu bois yangi bir g‘oya namoyon bo‘ldi. Bu g‘oya buyuk bobokalonimiz xotirasini o‘z ona tuprog‘ida - O‘zbekistonda abadiylashtirish g‘oyasi edi.

O‘zFA Temuriylar tarixi davlat muzeyi 1996 yilda Sohibqiron Amir Temur tavalludining 660 yilligi munosabati bilan bunyod etilgan. Muzeyni tashkil etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 14 mart kuni 99-sonli Qarori qabul qilingan.