Folklor, til va madaniyat

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti bilan  hamkorlikda “Folklor, til va madaniyat masalalarini ilmiy o‘rganishda fan va innovatsiyalar uyg‘unligi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. Xalqaro ilmiy anjumanda Koreya, Turkiya, Ozarbayjon, Qirg‘izton, Qozoqiston respublikalridan kelgan xorijlik olimlar bilan bir qatorda respublikamizdagi oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari, O‘zR FA ilmiy tadqiqot institutlari ilmiy xodimlari, sohalarga oid tashkilotlar mutaxassislari, xorijlik olimlar, doktorant va magistrlar ishtirok etdilar.

  

Ilmiy-amaliy konferensiya dasturida jamlangan ilmiy maqolalar mavzulari yurtimizdagi va xorijdagi xalq og‘zaki ijodi, folklor, til va madaniyat masalalarini tadqiq etishga bag‘ishlangan. Ularda shuningdek, san’at va madaniyat oliy o‘quv yurtlari hamda ilmiy-tadqiqot institutlarida olib borilayotgan  folklor, til va madaniyat sohalaridagi tadqiqotlar haqida ma’lumotlar beriladi. Ba’zi tadqiqotlarda ushbu sohalarning yoshlar tarbiyasiga ijobiy ta’siri, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdagi o‘rni batafsil ochib berilgan.

Shuningdek, yurtimiz va xorijiy olimlarining xalq og‘zaki ijodi, folklor, til va madaniyat sohalari  yuzasidan olib borilgan tadqiqiqotlari qiyosiy nazariy tahlil qilindi, ularni tizimli o‘rganishning ahamiyati ta’kidlandi.

Ushbu ilmiy-amaliy anjuman folklor san’ati, til va madaniyatimizning noyob namunalarini asrab-avaylash va rivojlantirish, ularni keng targ‘ib qilish, yosh avlod qalbida til, folklor, san’at va madaniyatga hurmat va yuksak e’tibor tuyg‘ularini kuchaytirish hamda dunyo xalqlari o‘rtasida xalqaro madaniy aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.