Farmon mazmun-mohiyati, belgilangan vazifalarga bagʼishlangan matbuot anjumani oʼtkaziladi

Maʼlumki, 2022-yil 30-may kuni Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʼzbekiston Respublikasining seysmik xavfsizligini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PF-144-sonli Farmoni qabul qilindi.

Joriy yil 6-iyun kuni soat 16:00da Аxborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Fanlar akademiyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Qurilish vazirligi mutasaddilari ishtirokida mazkur Farmonning mazmun-mohiyati, belgilangan vazifalarga bagʼishlangan matbuot anjumani oʼtkaziladi.