Fanlar akademiyasi faoliyati toʼgʼrisidagi axborotlar roʼyxati

Fanlar akademiyasi faoliyati toʼgʼrisidagi axborotlar roʼyxati

 

Quyidagi axborotlar Fanlar akademiyasi faoliyati tog‘risidagi axborotlar hisoblanadi:

1. Fanlar akademiyasi huquqiy maqomini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlar;

2. Fanlar akademiyasi tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek, ularning ijro etilishi to‘g‘risidagi maʼlumotlar;

3. Fanlar akademiyasi tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ushbu hujjatlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi maʼlumotlar;

4. Fanlar akademiyasi tomonidan ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarning loyihalari to‘g‘risidagi maʼlumotlar;

5. Fanlar akademiyasi tomonidan davlat dasturlari hamda boshqa dasturlar amalga oshirilishi to‘g‘risidagi maʼlumotlar;

6. Fanlar akademiyasi tomonidan o‘tkaziladigan ommaviy tadbirlar (majlislar, kengashlar, uchrashuvlar, matbuot konferensiyalari, brifinglar, seminarlar, davra suhbatlari va boshqalar) to‘g‘risidagi maʼlumotlar;

7. Fanlar akademiyasining davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa organlari, jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek, xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi to‘g‘risidagi maʼlumotlar;

8. Аmalga oshirilishida Fanlar akademiyasi ishtirok etayotgan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risidagi maʼlumotlar;

9. Fanlar akademiyasi faoliyati sohasiga taalluqli bo‘lgan tarmoqning (hududning) holatini va uning rivojlanish surʼatini tavsiflovchi rasmiy eʼlon qilingan asosiy ko‘rsatkichlar haqidagi, shu jumladan, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi maʼlumotlar;

10. Fanlar akademiyasi tomonidan o‘tkaziladigan (tashkil etiladigan) ochiq tanlovlar (tenderlar) va kimoshdi savdolari to‘g‘risidagi maʼlumotlar (Ochiq ma’lumotlar);

11. Bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi maʼlumotlar;

12. Fanlar akademiyasi tararrufidagi ilmiy jurnallar togrisidagi ma’lumotlar.

Fanlar akademiyasi faoliyati toʼgʼrisidagi axborot jumlasiga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa maʼlumotlar ham kiritilishi mumkin.