Bugun, 25-iyun kuni Fanlar akademiyasida respublikamizning turli viloyatlaridan tashrif buyurgan yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tkazildi.
Tadbirda FA birinchi vise-prezidenti – bosh ilmiy kotibi Shomansur Sagdullayev, Birlashgan kasaba uyushmasi raisi Sherzod Jo‘rayev, Yosh olimlar kengashi raisi Hilola Matniyazova, bo‘lim boshliqlari, yosh olimlar ishtirok etib, mehmonlarga Fanlar akademiyasi faoliyati, uning vazifalari va tadqiqot yo‘nalishlari, so‘nggi ilmiy tadqiqotlar haqida ma'lumot berdilar.
Shuningdek, uchrashuvda tizimda yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar, strajirovkalar va qisqa muddatli o‘quv kurslari, yosh olimlar tomonidan olib borilayotgan tadqiqotlar, xalqaro hamkorlik to‘g‘risida batafsil ma'lumot berildi va mehmonlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri savol-javoblar o‘tkazildi va o‘zaro fikr almashildi.
Fanlar akademiyasida yoshlar bilan tashkil etilgan bu uchrashuv va ochiq muloqot ularga akademik muhit bilan yaqindan tanishish, ilm-fanga qiziqishini oshirishga xizmat qiladi.