Bugungi kunda har bir tashkilotda zamonaviy axborot siyosatini shallantirish va yuritish, muntazam turli media tadbirlar tashkil etish, rasmiy veb-sayt, ijtimoiy tarmoqlarda tashkilot rasmiy kanallarini ochish va axborot bilan to‘ldirib, uni yangilab turish va bu orqali muassasada olib borilayotgan ishlar bilan keng jamoatchilikni tanishtirib borish ustuvor vazifalardan hisoblanadi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-iyundagi “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4366-son qarorida ham shu kabi muhim vazifalar belgilab o‘tilgan.
Shulardan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Axborot xizmati tomonidan tizim tashkilotlaridagi axborot siyosatiga mas’ul xodimlar uchun pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Gulnora Nishonova ishtirokida trening tashkil etildi.
Treningdan ko‘zlangan asosiy maqsad Fanlar akademiyasi tizimida axborot siyosatini to‘g‘ri tashkil qilish, yangi bosqichga olib chiqish, yangi tendensiyalarni qo‘llash, mas’ullarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish.
Trening davomida interfaol usullarda mashg‘ulotlar tashkil etildi, shuningdek, matbuot kotibining asosiy vazifalari, tashkilot media imijini yaratishda PRning o‘rni, OAV bilan ishlash texnologiyasi, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar uchun sifatli matn tayyorlash va tahrir qilish masalalari muhokama qilindi.