2021-yil 29-mart kuni Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti, akademik B.Yuldashev hamda vitse-prezident S.Mirzayev ishtirokida OʼzR FА Qoraqalpogʼiston boʼlimi ilmiy xodimlari bilan uchrashuv tashkil etildi.
FА prezidenti B.Yuldashev oʼz nutqida mamlakatimizda ilm-fanga berilayotgan eʼtibor toʼgʼrisida gapirib, ilmiy faoliyat, kelgusida amalga oshiriladigan ishlar, kamchiliklar va yutuqlar haqida toʼxtalib oʼtdi. Shuningdek, vitse-prezident S.Mirzayev 2021-yil fevral oyida oʼtkazilgan attestatsiya natijalariga batafsil toʼxtaldi va istiqboldagi ishlar rejalar haqida maʼlumot berdi.
Suhbat jarayonida Oʼzbekiston Respublikasi qonunlari, Davlat va Hukumat qarorlari, farmon va farmoyishlarining ijrosi boʼyicha ham alohida toʼxtalib oʼtildi.
Uchrashuv soʼnggida Qoraqalpogʼiston Respublikasida ilm-fanni yanada rivojlantirishga qaratilgan istiqboldagi rejalar va yoʼnalishlar belgilab olindi.