Fanlar akademiyasi prezidenti Immunologiya va inson genomikasi instituti jamoasi bilan uchrashdi

Maʼlumki, soʼnggi yillarda davlatimiz tomonidan ilm-fanni rivojlantirish, olimlarga qulay-sharoitlar yaratishga alohida eʼtibor qaratilmoqda va tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Ilmiy-tadqiqot muassasalari moddiy-texnik bazasi mustahkamlanmoqda. Xususan, FА Immunologiya va inson genomikasi instituti binosi ham toʼliq kapital taʼmirlandi, bir nechta yangi laboratoriya jihozlari keltirildi va oʼrnatildi.

 

Shu munosabat bilan 26-mart kuni FА prezidenti B.Yuldashev, vitse-prezidentlar B.Ibragimov, S.Mirzayev hamda Kimyo-biologiya boʼlimi rahbari J.Toshpo’latovlar Institutga tashrif buyurishdi va Institutning taʼmirdan keyingi holati, yangi keltirilgan laboratoriya asbob-uskunalari va ularning faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

 

Soʼngra, majlislar zalida Institut jamoasi bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda FА prezidenti jamoada yoshlarning koʼpligidan mamnun ekanliginini taʼkidladi. Davlatimiz Rahbarining ilm-fanga koʼrsatayotgan eʼtibori uchun alohida minnatdorchilik bildirdi.

Uchrashuv davomida ilm-fanda yoshlarning oʼrni, kadrlar tayyorlash va xalqaro aloqalarni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.