Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Direktorlar kengashining navbatdagi yigʼilishi oʼtkazildi.
Kun tartibida Oʼzbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligiga bagʼishlangan Fanlar akademiyasi ishlanmalari koʼrgazmasiga tayyorgarlikning borishi, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026-yillarda Oʼzbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi farmoni va “2022-2026-yillarda Oʼzbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirish boʼyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash, Fanlar akademiyasida ijro intizomi holati va topshiriqlar ijrosini taʼminlash masalalari muhokama qilindi va Kengashning tegishli qarorlari qabul qilindi.