Fan va texnika sohasida yangi bosqich

2019-yil 24-iyul kuni O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga Xitoy Xalq Respublikasi  Fan va texnika vazirligi partiya qo'mitasi a'zosi, XXR Fan va texnika vaziri o’rinbosari yordamchisi Lu Min rahbarligida Xitoy delegatsiyasi tashrif  buyurdi. Mehmonlarni O’zR FA prezidenti B.Yuldashev kutib oldi.

Uchrashuvda fan va texnika sohasidagi davlat siyosati, ilmiy-texnikaviy rivojlanishning asosiy yo'nalishlari va kelgusidagi rejalar to'g'risida fikr almashildi. Shuningdek, "Bir makon, bir yo'l" loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar alohida ta’kidlab o’tildi.

Bundan tashqari, O'zbekiston-Xitoy ilmiy-texnik va innovatsion hamkorligining bugungi holati va istiqbollari, ikki davlat o’rtasida qo'shma ilmiy markazlar va qo'shma laboratoriyalar tashkil etish, ilm-fanning barcha sohalarida hamkorlikni yanada kengaytirish va rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

  

Mehmonlar samimiy va do’stona uchrashuv uchun minnatdorchilik bildirib, hamkorlik aloqalarini kengaytirish va rivojlantirish har ikki tomonga manfaatli ekanini ta’kidladilar.