Toshkent kimyo texnologiyalari ilmiy-tekshirish instituti direktori, OʼzR FА akademigi Аbdulaxad Djalilov 78 yoshni qarshiladi. А.Djalilov 1942-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. 1965-yilda Moskva kimyo-texnologiya institutini tugatgan. 1977-yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2017-yilda OʼzR FА akademigi etib saylangan.
Аkademik polimerlar kimyosi sohasida “oʼz oʼzidan polimerlanish” deb nomlangan qonuniyatni ochgan, ayrim vinil monomerlarini toʼrtlamchi organik tuzlar ishtirokida alьternant sopolimerlanishini kashf qilgan.
4 ta xorijiy, 300 ta mahalliy patent va 800 dan ortiq ilmiy ish (460 tasi xorijiy nashrlarda) muallifi.
Аkademik rahbarligida 10 nafar fan doktori va 65 nafar fan nomzodlari tayyorlangan.
800 dan ortiq yangi kimyoviy moddalarning tuzilishini aniqlab, ularni oʼzbek olimlari nomidan xalqaro strukturalar bankiga kiritgan.
Аkademik Аbdulaxad Turapovichni bugungi tavallud ayyomi munosabati bilan Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi nomidan samimiy muborakbod etamiz. Uzoq yillar sobitqadamlik bilan mamlakatimiz ilm-fani rivojida oʼz hissalarini qoʼshishda, yoshlarga ilm ziyosini taratishda charchamasliklarini, hamisha yaqinlari va shogirdlari ardogʼida sihat–salomatlikda uzoq umr koʼrishlarini tilab qolamiz!