Botanika bog‘ida sodir bo’lgan yong‘inda bog‘ning kolleksiya fondiga zarar yetmagan

Bugun, 16 may kuni soat 11:55 da Toshkent Botanika bog‘ining orqa tomonidagi chiqindixonada, qurigan xas-xashak va butalgan shox-shabbalarda yong‘in sodir bo’lganligi haqida xabar tarqalgandi. 
Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yong‘in-qutqaruv guruhi tomonidan yong‘in o‘z vaqtida o‘rab olinib, bog‘ hududiga o‘tishining oldi olingan. 

Hodisa natijasida jabrlanganlar yo‘q. Yong’in Botanika bog‘ining kolleksiya fondiga zarar yetkazmagan.

 

Toshkent Botanika bog’i ma’muriyati.