BIZ KORRUPSIYAGA QARShIMIZ!

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va uning quyi tizimi tashkilotlari Respublika budjetidan birinchi darajali mablag‘ oluvchi tashkilotlar hisoblanadi. Boshqaruv apparati va quyi tizim tashkilotlarida jami 3479 shtat birliklari mavjud va har bir tizim tashkilotida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari xodimlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Fanlar akademiyasi tomonidan 2025-yil 1-yanvar holatiga jami 14 ta ichki idoraviy hujjat Fanlar akademiyasi prezidenti va Direktorlar kengashi tomonidan qaror va buyruq ko‘rinishda qabul qilingan va ijroga yo‘naltirilgan.  

Ichki nazorat tuzilmasi tomonidan 2024-yil davomida 8 obyektda monitoring va nazorat tadbirlari (o‘rganish) o‘tkazilgan va Fanlar akademiyasi hamda uning quyi tizim tashkilotlarida korrupsiya va boshqa suiste’mol qilish holatlariga oid qonun buzilishi holatlarini oldini olish bo‘yicha doimiy ravishda profilaktik choralar olib boriladi.

Shuningdek, Fanlar akademiyasida ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlar qonunchilikda belgilangan axborot resurslarida e’lon qilish va jamoatchilik oldida hisobdorlik tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

Bu boradagi barcha ma’lumotlar https://academy.uz/uz/page/ochiq-malumotlar va https://t.me/ANRUz havolalari orqali rasmiy veb-saytda joylashtirib boriladi. Shuningdek, Fanlar akademiyasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limining 71 233-56-23 raqamlari faoliyat yuritib kelmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Fanlar akademiyasi xodimlari bilan bog‘liq korrupsion holatlarda 71 233-56-23  raqamiga murojaat qilishingiz so‘raladi. Shaxsingiz sir saqlanishi kafolatlanadi!