O‘zR FA Mikrobiologiya institutida Jazoir va O‘zbekistonda kimyoviy, bakteriologik, radiatsiya, yadro materiallari tarqalishiga qarshi Yevropa Ittifoqi Markaziy organi kotibiyati texnik yordam bo‘yicha yetakchi mutaxassisi, prof. Lela Bakanidze "Milliy huquqiy bazani mustahkamlash va Markaziy Osiyo davlatlarida biologik himoya va biologik xavfsizlik bo‘yicha ixtisoslashtirilgan o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish" 53-loyihasi doirasida "Biorisk menedjmenti va GMO" mavzusida trening o‘tkazdi.
Treningning maqsadi o‘simliklarni patogenli va odamlar uchun nopatogen mikroorganizmlar bilan ishlashda biologik himoya va biologik xavfsizlikning ahamiyati hamda muhimligini tushuntirishdan iborat. Ishtirokchilar bioxavfsizlikni boshqarish, kamaytirish usullari va vositalari to‘g‘risida ma’ruzani tingladilar.
Treningda Institut ilmiy xodimlari ishtirok etishdi.
Trening yakunida Deutsche Gesellschaft für Internationale Zusammenarbeit (GIZ) GmbH bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.