Biokimyo sohasidagi ishlanmalarni amaliyotga joriy qilish

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi hamda 2020-yil 31-yanvar kuni Davlat geologiya va mineral resurslar qoʼmitasida olimlar, yosh tadqiqotchilar, ishlab chiqarish vakillari va ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari bilan oʼtkazgan uchrashuvida belgilab berilgan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida OʼzR FА Bioorganik kimyo institutida Farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish agentligi rahbar xodimlari bilan uchrashuv tashkil qilindi. Uchrashuvda tibbiyot va farmatsevtika sohasida Institut tomonidan yaratilgan dori vositalari, ularning qoʼllanilish sohalari, hozirgi holati va amaliyotga joriy etish boʼyicha maʼlumotlar berildi.

  

Shundan soʼng Farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish agentligi direktori S.Kariyev soʼzga chiqib, respublikadagi mavjud farmatsevtik korxonalar, ularda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va yangi tashkil qilinayotgan Farmatsevtik klaster haqida gapirib oʼtdi.

   

Uchrashuv davomida Institut xodimlari va Аgentlik tomonidan ishlanmalarni ishlab chiqarishga joriy etish, ularning realizatsiyasini jadallashtirish maqsadida marketing sohasini jalb qilgan holda aniq rejalar tuzish va uni amalga oshirish boʼyicha fikr almashildi.