Qanotli maʼbuda haykali boʼlakchalari.
U VII-VIII asrlarga tegishli bo’lib, Buxorodan 40 km. gʼarbda Qizilqum sahrosida Varaxsha shahri xarobalaridan topilgan. VI-VIII asrlarda bu yerda Buxoro vohasi hukmdorlari istiqomat qilgan. Bu yerda 1938–1953 yillarda Oʼzbekiston Fanlar akademiyasi olimlari qazish ishlari olib borganlar. Qazish chogʼida hukmdorlarning muhtasham saroyi topilgan. Varaxsha haykallari orasida odam va hayvondan iborat afsonaviy maxluqlar tasvirlari qiziqish uygʼotadi. Odam-qush qadimgi sanʼatda keng tarqalgan timsollardan biri: yunonlarda u sirena va gargiya, soʼnggi Oʼrta Osiyo sanʼatida — xumo. Odam-qushning boshi qisman, asosan soch gajaklari toʼla saqlangan. Gavdasining yuqori qismi yupqa, libos bilan toʼsilgan. Haykalning qush qismi yirik boʼrtma patlar bilan qoplangan, bir yelkasini uzun qanot yopib turibdi.
Hozirda ushbu topilma O’zR FA O’zbekiston tarixi davlat muzeyi fondida saqlanadi.