O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti 2019-yil 11-sentabrda “Beruniy o‘qishlari” nomidagi ilmiy-amaliy konferensiyasini o‘tkazadi. Institut ma’muriyati beruniyshunoslik yo‘nalishida ilmiy izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchilar, professor-o‘qituvchilar, doktorantlar va magistrantlarni anjumanda ishtirok etishga taklif qiladi.
Ilmiy ma’ruzalar (8-10 bet) shu yilning 1-avgustiga qadar qabul qilinadi. Anjuman materiallari OAK tarkibidagi ilmiy jurnallardan birida chop etilishi ko‘zda tutilgan. Ma’ruza uchun reglament 10 daqiqa.
Ma’ruza matnlarini rasmiylashtirish talablari:
- Matnlar Times New Roman shriftida, belgilar kattaligi 14,
satrlar orasi 1 intervalda yozilgan bo‘lishi kerak.
- Qog‘oz o‘lchami: A4 (210-297 mm).
- Matn yuqorisidan 2,5 sm, pastdan 1,5 sm, o‘ngdan 1,5 sm, chapdan 3 sm hoshiyalar qoldirilishi talab etiladi.
- Sahifaning yuqori o‘ng burchagidagi birinchi qatorda ma’ruzachining ismi, sharifi, ikkinchi qatorda tashkilotining to‘liq nomi, uchinchi qatorda telefon raqami (kodi bilan) va elektron pochta manzili ko‘rsatiladi.
- Mavzu nomi qoraytirilgan katta harflar bilan beshinchi qatorda, sahifa o‘rtasidan yoziladi.
- Ma’ruzada mavzu orqali ko‘tarilgan muammo, uning yechimi, ilmiy amaliy-ahamiyati va xulosasi kisqa mazmunda berilishi, turli sitata, jadval va sxemalar keltirilishi, hamda havolalar satr ostida berilishi mumkin (Masalan: Shoniyozov K. O‘zbek xalqining shakllanishi jarayoni. Toshkent, 2001. B. 135.).
- Matnga qo‘shimcha ravishda annotatsiya va kalit so‘zlar o‘zbek, rus va ingliz tilida berilishi kerak.
- Material elektron va qog‘oz shaklda topshirilishi so‘raladi.
Kechiktirilgan va talablar bo‘yicha tayyorlanmagan matn qabul qilinmaydi.
Manzilimiz:
100170, Toshkent sh.,
Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 79-uy,
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti.
Murojaat uchun:
Telefon va telegramm raqami: 911329730
E-mail: hilolnazirova@gmail.com