2018-yil 9-noyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Genomika va bioinformatika markaziga madam Elizabeth Leonardi boshchiligidagi AQSh delegatsiyasi tashrif buyurdi. Mehmonlar Markaz faoliyati, ilmiy izlanishlar va erishilgan yutuqlar bilan tanishdilar. O'zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri, Markaz direktori, akad. I.Y.Abduraxmonov AQSh qishloq xo'jaligi Departamenti bilan uzoq muddatli muvaffaqiyatli hamkorlik qilinayotganligini va ushbu hamkorlik yangi texnologiyalar, shuningdek, biotexnologik paxta navlarini sotish imkoniyatini berganini ta'kidladi.
Uchrashuvda paxta genomikasi sohasidagi hozirgi ahvol muhokama qilindi, O'zbekistonda paxtachilik istiqbollari, o'simlik biotexnologiyasini rivojlantirish, genetik jihatdan yaratilgan organizmlarning xavfsizligi va bu sohada qonunlarning rivojlanishi masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar Markaz va AQSh qishloq xo'jaligi Departamenti o'rtasida yaqin hamkorlikni davom ettirishga qiziqish bildirishdi.