“Antiqa kimyo” qo’llanmasi nashr etildi

O’zbekiston Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti (A.B.Ibragimov, A.X.Ruzmetov) va Urganch davlat universiteti (K.A.Shaxmuxtarova) tomonidan “Antiqa kimyo” qo’llanmasi tayyorlandi va “Аkademnashr” nashriyotida nashr etildi.

Qo‘llanmada D.I.Mendeleyev davriy sistemasiga kirgan barcha elementlarning kashf qilinish tarixi, elementlar va ularning birikmalarini ishlatilish sohalari bo‘yicha ma'lumotlar taqdim qilinadi. Kitobni yaratishda turli ensikolpedik manbalar, xorijiy va milliy adabiyotlar, ilmiy maqolalar, kimyo darsliklaridan hamda mashhur internet saytlarida keltirilgan ma'lumotlardan foydalanilgan.

Qo‘llanmadan o‘quvchi-talabalar, abituriyentlar, pedagoglar va kimyo sohasiga qiziqqan keng kitobxonlar ommasi foydalanishlari mumkin.