Аmudaryo daryosining quyi qismidan oxirgi 40 yilda birinchi marotoba qora kaptarning uyalashiga doir ishonchli maʼlumotlar olindi

OʼzR FА Zoologiya institutida bajarilayotgan “Qoraqalpogʼistonning kamyob, yoʼqolib ketish xavfi ostida boʼlgan hayvonlar turlari kadastrini yuritish va tekis tuyoqlilarini hisobga olish usullarini ishlab chiqish” loyihasi doirasida Аmudaryo deltasida qora kaptarning uyalovchi populyatsiyasi saqlanib qolinganligi aniqlandi.

 

foto: N.V.Marmazinskaya.

Qora kaptar Xalqaro qizil roʼyxatga va Oʼzbekiston Respublikasi “Qizil kitob”iga zaif, qisqarib borayotgan tur sifatida kiritilgan. Hisob ishlarini oʼtkazish davrida ushbu mintaqada 110-115 juftdan kam boʼlmagan qushning uyalashda ishtirok etishi aniqlandi.

Аmudaryo deltasidagi toʼqayzorlar, xususan, koʼp yillik, yoʼgʼon poyali turangʼil daraxtlari ushbu noyob kaptar turi populyatsiyasining reproduktivligini saqlashda muhim oʼrin tutadi.

O'zR FA Zoologiya instituti ilmiy xodimi N.N.Azimov.