Аlisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini oʼrganish masalalariga bagʼishlangan anjuman oʼtkaziladi

Buyuk mutafakkir, soʼz mulkining sultoni Hazrat Аlisher Navoiy tavalludining 579 yilligi munosabati bilan joriy yil 7-fevral kuni soat 10:00da Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Oʼzbek tili, adabiyoti va folklori instituti, Yozuvchilar uyushmasi hamda FА Аlisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi hamkorligida Аlisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini oʼrganish masalalariga bagʼishlangan anjuman oʼtkaziladi.

Manzil: Shahrisabz tor koʼchasi, 5 uy, OʼzR FА Oʼzbek tili, adabiyoti va folklori instituti majlislar zali.