Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-maydagi “Oʼzbekiston Respublikasining seysmik xavfsizligini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PF-144-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida aktiv seysmik himoya qurilmalarni qoʼllash va yasash boʼyicha chet el mutaxassislarini jalb qilgan holda qisqa oʼquv kurslari tashkil etildi.
Ushbu o’quv kurslari Fanlar akademiyasi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti hamda Qurilish vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Unda АQShning Berkli shahridagi Kaliforniya universiteti hamda koreyalik mutaxassislar oʼz maʼruzalari bilan oʼz yurtlaridagi tajriba bilan almashishdi.
Mazkur oʼquv kurslarida olingan tajriba asosida aktiv seysmik himoya qurilmalarni qoʼllash va yasash boʼyicha uslubiy qoʼllanma ishlab chiqiladi.