“Akademik va yoshlar” an’anaviy III Kongressi o'tkazilmoqda

Bugun, 27-may kuni Namangan shahrida “Akademik va yoshlar” an’anaviy III Kongressi boshlandi.

Dastlab “Akademik va yoshlar” an’anaviy III Kongressi ishtirokchilari Namangan shahridagi Ma'rifat maskaniga tashrif buyurib, bu yerda tashkil etilgan ko'rgazmalar bilan tanishdi.

 

Tadbirning ochilish marosimida O'zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti Shavkat Ayupov, Oliy Majlis Senati Fan, ta'lim va sog'liqni saqlash masalalari qo'mitasi raisi Baxrom Abdullayev, Namangan shahar hokimining o'rinbosari Akbarjon Domlajonovning tabrik so'zlari tinglandi.

 

 

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Avezimbetovich Sharipov Kongress ishtirokchilariga videotabrik yo'lladi.