Аkademik Tolib Moʼminov vafot etdi

Oʼzbekiston ilm-fani ogʼir judolikka uchradi.

Eksperimental yadro fizikasi sohasida tanilgan olim, Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Tolib Musayevich Moʼminov 2021-yil 22-dekabr kuni 78 yoshida vafot etdi.

Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi nomidan marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdarlik bildiramiz.