“Аkademik S.H.Sirojiddinov haqida xotiralar”

“Аkademik S.H.Sirojiddinov haqida xotiralar”. 2020-yilda "Fan" nashriyotida chop etilgan ushbu kitob atoqli matematik, davlat va jamoat arbobi, Oʼzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Saʼdi Hasanovich Sirojiddinov (1920-1988) tavalludiga 100 yil toʼlishi munosabati bilan tayyorlangan. Unda hamkasblari, doʼstlari, yaqinlari va shogirdlarining olim haqidagi xotiralari jamlangan.

Xotiralarda respublikamiz fani, taʼlimi va, ayniqsa, matematika fani rivojiga salmoqli hissa qoʼshgan olim va fidoyi insonning yorqin siymosi gavdalanadi.

Kitobni, albatta, oʼqishni tavsiya qilamiz!