“Tabiiy birikmalar kimyosi” Xalqaro ilmiy jurnali

“Tabiiy birikmalar kimyosi” xalqaro ilmiy jurnalining asoschisi O‘zbekiston Fanlar akademiyasi hisoblanadi. Jurnal 1965-yildan nashr qilinadi, 2006-yil 26-dekabrda O‘zbekiston nashr va axborot agentligi tomonidan ro‘yxatga olingan (sertifikat № 0062).

Jurnal ingliz tiliga “Chemistry of Natural Compounds” nomi (issn 0009-3130-print, 1573-8388 online) tarjima qilinadi va Springer (Amerika) nashriyoti tomonidan nashr qilinadi.

Hozirgi vaqtda “Tabiiy birikmalar kimyosi” xalqaro jurnali Vatanimiz va chet el fitokimyogarlarining yetakchi ilmiy jurnallaridan biri hisoblanadi.

Nashr tillari: rus va ingliz tillarida.

Jurnalning maqsadi va vazifalari:

– Ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy o‘quv yurtlarining keng doirasidagi mutaxassislari, ilmiy xodimlar, magistrlar va doktorantlarni tabiiy fanlar kimyosi sohasidagi oxirgi ishlanmalar va yutuqlar bilan tanishtirishdan;

– Olimlarning xalqaro hamjamiyati oldida “Tabiiy birikmalar kimyosi” jurnalining obro‘-e’tiborini oshirish maqsadida yangi yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilish va qo‘lyozmalarni taqriz qilishni takomillashtirish hisobiga e’lon qilinayotgan materiallarning ilmiy salohiyatini yuqori darajaga ko‘tarishdan iboratdir.

Mutaxassislik.

Jurnalda tabiiy organik birikmalarni ajratish, sintez qilish, kimyoviy tuzilishini, kimyoviy tuzilish va biologik faollik o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganish masalalarini o‘z ichiga oladigan materiallar rus va ingliz tillarida e’lon qilinadi.

Jurnalning noyob xususiyatlari.

Jurnalda organik kimyoning 54 ta qismi (kichik molekulalali birikmalar – alkaloidlar, terpenoidlar, flavonoidlar, laktonlar, kislotalar va boshqalar, yuqori molekulalayi birikmalar – uglevodlar, lipidlar, oqsillar va boshqalar) bo‘yicha obzor maqolalari, tajriba natijalari asosida yozilgan maqolalar va qisqa xabarlar hamda ajratib olingan tabiiy birikmalarning biologik faolligi (antiaritmik, sitotoksik, antioksidantlik, antimikroblik, antibakterial va boshqalar) haqidagi ma’lumotlar e’lon qilinadi.

Tashkiliy qo‘mita bilan birgalikda Institutda o‘tkaziladigan “Tabiiy birikmalar kimyosi” bo‘yicha anjuman va simpozium materiallarini maxsus son va maqola tezislari shaklida bosib chiqaradi.

Hozirgi vaqtda “Tabiiy birikmalar kimyosi” jurnalining hajmi 17-18 bosma taboqqa teng.

Tarqalish hududi.

“Tabiiy birikmalar kimyosi” va “Chemistry of Natural Compounds” jurnali (bosma va online versiyalari) 40 dan ortiq mamlakatga tarqatiladi.

Springer nashriyoti ma’lumotiga ko‘ra, nashriyotda tarjima qilinadigan 200 nomdagi jurnallar ichida “Chemistry of Natural Compounds” jurnali 7 o‘rinni, jahonda nashr etiladigan jurnallar ichida 35 o‘rinni egallaydi. “Chemistry of Natural Compounds” jurnali 2001-yildan beri impakt-faktorga ega.

Moliyalashtirish manbalari.

Jurnal O‘zbekiston Respublikasidagi obunachilar va Springer nashriyoti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.

Bosh muharrir

Sagdullayev Shamansur Shaxsaidovich

Tug‘ilgan vaqti: 24-may 1951-yil.

Tug‘ilgan joyi: Toshkent shahri.

Yo‘nalishi: Texnologiya

2006-yildan hozirga vaqtgacha O‘zR FA O‘simlik moddalari kimyosi instituti direktori.

Sagdullayev Sh.SH. kimyo fanlari doktori, professor. O‘simliklardan dorivor preparatlar, bioreaktivlar, biologik faol qo‘shimchalar va sintetik preparatlarni ishlab chiqishda va o‘simlik moddalari asosida yangi farmatsevtik preparatlar yaratish va sanoatga tadbiq qilish borasida taniqli olim va tajribali tashkilotchi hisoblanadi.

Sagdullayev Sh.SH.1973-yil Toshkent politexnika instituti  (kimyo texnologiyasi fakulteti)ning “Asosiy organik va neft-kimyoviy sintez texnologiyalari” mutaxassisligini tugatib, injener-texnolog ixtisosligiga ega bo‘ldi. U 1973-1974 yillarda Olmaliq maishiy kimyo zavodida  suyuq yuvish vositalari sexida smena boshlig‘i lavozimida ishladi. O‘zining ilmiy faoliyatini  1975-yil O‘zR FA O‘simlik moddalari kimyosi  institutining tajriba texnologiya laboratoriyasida avval katta laborant, so‘ng kichik ilmiy xodim  lavozimidan boshladi. 2006-yildan O‘zR FA O‘MKI direktori va texnologiya bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlab kelmoqda.

Sagdullayev Sh.SH. tabiiy va sintetik birikmalar texnologiyasiga bag‘ishlangan 250dan ortiq ilmiy ishlar muallifidir, bularga 4 ta monografiya, 50 ta patent, 40 dan ortiq farmakopeya maqolalari va 20 ta preparatlarni ishlab chiqarish reglamentlari kiradi. U ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar davlat attestatsiyasi  a’zosi, Bioorganik kimyo instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, O‘simlik moddalari kimyosi instituti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi DSc 27.06.2017. K/V/T.37.01 Ixtisoslashgan kengash a’zosi.  Ilm sohasida ko‘rsatgan fidokorona mehnatlari davlat tomonidan “Shuxrat” medali (2006 y.), “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni (2011 y.) bilan mukofotlangan.

Sagdullayev Sh.SH. 2007-yilda “Yangi aritmik ta’sirga ega bo‘lgan “Allapinin” dorivor preparati asoslarini ishlab chiqarish va yaratish, tibbiyot amaliyotiga tadbiq etish hamda yirik hajmlarda ishlab chiqishni tashkil etish ” mavzuidagi ishi uchun bir guruh olimlar qatorida fan va texnika sohasida 1 birinchi darajali O‘zR Davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Manzil:

100170, O‘zbekiston, Toshkent shahri. Mirzo Ulug‘bek tumani, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 77

Telefon:

(+998-71) 262-59-13, 262-73-58

Faks:

(+998-71) 262-73-48

E-mail:

ixrv@mail.ru

Sayt: http://www.springer.com/ biomed/pharmaceutical+science/journal/10600