Zoologiya institutiga ekspeditsiya mashinasi sovg`a qilindi

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 31-yanvarda boʼlib oʼtgan ilm-fanni rivojlantirish, olimlarning soha vazirliklari, ishlab chiqarish va xoʼjalik birlashmalari taʼlim muassasalari bilan hamkorligini yangi sifat bosqichiga olib chiqish vazifasi belgilab berilgan edi.

Ilm-fandagi ishlanmalarni ishlab chiqarish korxonalari bilan birgalikda, faol integratsiya qilish, zamonaviy ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tezkor ravishda amaliyotga tadbiq etish, olimlar tomonidan yaratilgan ishlarni qoʼllab quvvatlash, ichki maxsulot koʼlamini jahon talabiga mos ravishda ishlab chiqarish borasida qator ishlar amalga oshirildi. Shu nuqtai nazardan OʼzR FА Zoologiya instituti va Oʼrmon xoʼjaligi davlat qoʼmitasi xodimlari hamkorlikda ilmiy-amaliy tadqiqot ishlari olib bormoqda, mamlakatimiz faunasi monitoringi borasida doimiy ilmiy safarlar tashkil etilmoqda.

Joriy yilning 28-dekabr kuni Oʼzbekiston Respublikasi Oʼrmonchilik xoʼjalik davlat qoʼmitasi raisi, N.J. Bakirov boshchiligida Zoologiya institutiga tashrif buyurib, ilmiy ekspeditsiyalarni olib borish uchun koʼmak sifasida Niva 4x4 rusumli avtoulovini Institut direktori B.R. Xolmatovga taqdim etdi.

 

Tadbirda OʼzR FА vitse-prezidenti, akademik B.T. Ibragimov ilmiy amaliy hamkorlik doimo boʼlishini va yurtimiz ravnaqiga keng hissa qoʼshishini taʼkidlashdi.